“New Port” qurilishi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Asosiy rasm

2-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda “New Port” turar joy majmuasida faoliyat yurituvchi mansabdor shaxslar tomonidan Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Damariq MFY, A. Qahhor ko‘chasi, 19-uyda yashovchi fuqarolarga kompensatsiya pullari to‘liq to‘lab berilmayotganligi va ushbu uy noqonuniy buzilayotgani haqida videomaterial tarqalgan.

O‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Mega Logistics Servise” MChJ mansabdor shaxslari yuqorida ko‘rsatilgan manzilda yashovchi fuqarolarni majburiy ko‘chirish bo‘yicha ijro harakatlari yakunlanmagan bo‘lsa-da, mazkur uyni o‘zboshimchalik bilan buzib tashlaganligi aniqlangan.

Shuningdek, qurilishga tegishli ruxsatnoma olmasdan turib, ushbu hududda 1 ta 20 qavatli, 2 ta 19 qavatli, 1 ta 12 qavatli va 1 ta 2 qavatli turar joy binolari o‘zboshimchalik bilan qurilgani ma’lum bo‘lgan.

Tekshiruv natijasiga ko‘ra, “Mega Logistics Servise” MChJ mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jinoyat ishi tergovi alohida nazoratga olingan bo‘lib, natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

O'xshash maqolalar topilmadi.

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring