Pragada “Made in Uzbekistan” milliy shourumi ochildi
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov boshchiligidagi delegatsiya Chexiyaga xizmat safari doirasida ushbu mamlakatning standartlashtirish, metrologiya va sinov sohasidagi qator tashkilotlari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Tashrif davomida Chexiyada malaka oshirishni tashkil etish hamda Chexiya Metrologiya instituti bilan hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan bir qator hamkorlik hujjatlari imzolandi.
Shuningdek, Praga shahridagi “Anděl Park” biznes majmuasida “Made in Uzbekistan” milliy shourumi faoliyat boshladi.
Ekspozitsiyada O‘zbekistonning 17 ta yetakchi korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan 48 turdagi eksportbop mahsulot namoyish etilmoqda.