Davlat organlarining noqonuniy qarorlari tufayli yetkazilgan zarar kompensatsiya jamgʻarmasi hisobidan qoplanadi

Asosiy rasm

“Davlat organining yoki uning mansabdor shaxsining qonunga xilof qarori, harakati yoxud harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–1161-son, 2026-yil 27-iyul) qabul qilindi.

Qonunga ko‘ra, davlat organi yoki uning mansabdor shaxsining qonunga xilof qarori, harakati yoki harakatsizligi oqibatida jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan moddiy va (yoki) ma’naviy zarar sud qarori asosida qoplanadi.

Zararni qoplash uchun undiriladigan mablagʻ miqdori sud tomonidan belgilanadi. Sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan aniqlangan zarar hududiy kompensatsiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan pul shaklida qoplanadi.

Kompensatsiya sudning zararni qoplash toʻgʻrisidagi qarori asosida berilgan ijro varaqasiga muvofiq toʻlanadi.

Agar zarar yetkazilishida aybdor bo‘lgan aniq shaxs sud qarori bilan belgilangan bo‘lsa, moddiy va (yoki) ma’naviy zararni qoplash majburiyati aynan ushbu shaxs zimmasiga yuklanadi. U zararni belgilangan tartibda ixtiyoriy ravishda ham qoplashi mumkin.

Hududiy kompensatsiya jamgʻarmasi hisobidan toʻlov amalga oshirilganidan soʻng, aybdor shaxsga nisbatan regress talabi yuzaga kelgan hollarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari aybdor shaxs ishlayotgan yoki avval faoliyat yuritgan davlat organiga tegishli talabnoma kiritadi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan olti oy o‘tib kuchga kiradi.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring