1-avgustdan jarima maydonchasidan avtomobillarni olib chiqishning yangi tartibi joriy etiladi
2026-yil 1-avgustdan boshlab jarima maydonchasidan transport vositasini olib chiqish uchun ruxsatnoma faqat elektron shaklda rasmiylashtiriladi.
Hukumat qaroriga muvofiq, ruxsatnoma ma’muriy ishni ko‘rib chiquvchi organ (mansabdor shaxs) yoki ijro organi tomonidan “Jarima maydonchasi” axborot tizimi orqali QR-kod bilan tasdiqlanib, elektron shaklda yuboriladi.
Shuningdek, jarima maydonchalariga olib kelingan transport vositalarining kirishi va chiqishi mazkur axborot tizimi orqali nazorat qilinadi.
Bundan tashqari, jarima maydonchalari davlat raqamini avtomatik aniqlovchi kameralar hamda boshqa zarur texnik vositalar bilan jihozlanadi.