O‘zbekistonlik olima Xalqaro matematika ittifoqi qo‘mitasiga saylandi

Asosiy rasm

AQSHning Nyu-York shahrida Xalqaro matematika ittifoqi (IMU) Bosh Assambleyasining navbatdagi yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi. Unda dunyoning yetakchi matematiklari, milliy jamiyatlar rahbarlari hamda IMU rahbariyati ishtirok etdi.

Anjuman doirasida Xorazm Ma’mun akademiyasi bosh ilmiy xodimi, professor Umida Baltaeva IMUning Rivojlanayotgan davlatlar qo‘mitasi (Committee for Developing Countries) a’zoligiga saylandi. Bu o‘zbekistonlik matematiklar uchun muhim e’tirof sifatida baholanmoqda.

Shuningdek, Fanlar akademiyasi Matematika instituti laboratoriya mudiri, professor Ravshan Ashurov ham muhokamalarda faol ishtirok etib, xorijlik hamkasblari bilan ilmiy va institutsional hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring