Anomal issiqlik sharoitida favqulodda xizmatlar kuchaytirilgan ish rejimiga o‘tkazildi
Anomal issiqlik sharoitida yong‘inlarning oldini olish hamda yong‘in sodir bo‘lgan holatlarda tezkor choralar ko‘rish maqsadida poytaxt bozorlari hududida yong‘in-qutqaruv ekipajlarining doimiy navbatchiligi tashkil etildi.
Shuningdek, O‘zbekistonning barcha bozorlarida favqulodda vaziyatlarda harakat qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida muntazam o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.