Urbanizatsiya sohasida raqamli platforma va yangi ta'lim tizimi joriy etiladi

Asosiy rasm

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Urbanizatsiya va uy-joy qurilishi sohasida islohotlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ–252-son qarori qabul qilindi.

Hujjat shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish tartibini takomillashtirish, qurilish sohasini tartibga solish, aholi punktlari hududlarini rivojlantirish va qurishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirishni yanada rivojlantirish, shuningdek, urbanizatsiya sohasida nazariy va amaliy ko‘nikmalarga ega zamonaviy kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yishni nazarda tutadi.

Qarorga muvofiq, qurilish bosqichlarini kuzatib borish maqsadida "Uy-joy" yagona raqamli urbanizatsiya platformasida shakllanadigan va "Shaffof qurilish" tizimi bilan integratsiya qilinadigan istiqbolli qurilish hududining yagona identifikatori, loyihaning raqamli pasporti hamda kapital qurilish obyektining raqamli pasporti joriy etiladi.

Shuningdek, urbanizatsiya, kadastr va geodeziya sohalari uchun zamonaviy kadrlar tayyorlash tizimi yaratiladi. Jumladan, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti tarkibida "Zamonaviy urbanistika va aglomeratsiyalarni boshqarish" fakulteti tashkil etiladi.

Bundan tashqari, Toshkent geodeziya va kartografiya texnikumi Milliy qo‘mita tizimidagi Toshkent urbanistika, geodeziya va kadastr texnikumi etib qayta tashkil etiladi.

Urbanistika, arxitektura va loyihalashtirish sohalaridagi subyektlarni kreativ yondashuv asosida yagona platformada birlashtirish maqsadida Milliy qo‘mita huzurida Urbanistika, arxitektura va loyihalashtirish kreativ parki tashkil etiladi.

Shu bilan birga, BMTning aholi punktlari bo‘yicha dasturi — UN-Habitat bilan hamkorlik rivojlantiriladi.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring