Ayrim avtotransport vositalari uchun bojxona boji va utilizatsiya yig‘imining 0 stavkasi qo‘llaniladi

Asosiy rasm

“Avtomobil transportida yuk tashuvlarini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–251-son, 2026-yil 7-iyul) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, yuk tashish uchun mo‘ljallangan va ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan ayrim transport vositalarini (samosvallar bundan mustasno) 2027-yil 31-dekabrgacha O‘zbekiston Respublikasiga import qilishda ularga bojxona boji hamda utilizatsiya yig‘imining 0 stavkasi qo‘llaniladi.

Imtiyozlar quyidagi transport vositalariga tatbiq etiladi:

"Yevro-5" va undan yuqori ekologik toifa talablariga javob beradigan avtotransport vositalari (TIF TN kodlari: 8701 21, 8701 22, 8701 23, 8701 24);

To‘la vazni 15 tonnadan ortiq yoki yukxonasining ichki hajmi kamida 76 kub metr bo‘lgan yarim tirkamalar (TIF TN kodi: 8716 39).

Shuningdek, mazkur transport vositalari bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran 3 yil mobaynida eksportga realizatsiya qilingan yoki qayta jihozlash natijasida TIF TN kodi o‘zgargan taqdirda, berilgan imtiyozlar bekor qilinadi hamda tegishli to‘lovlar belgilangan tartibda undiriladi.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring