BMT O‘zbekistonni suv sohasidagi eng ilg‘or uch davlat qatoriga kiritdi

Asosiy rasm

Nyu-York shahrida o‘tayotgan BMTning Yuqori darajadagi siyosiy forumida O‘zbekistonning suv sohasidagi islohotlari yuqori baholandi. UN-Water platformasi 2026-yilda “Toza suv va sanitariya” yo‘nalishida eng katta natijaga erishgan uchta davlatdan biri sifatida O‘zbekistonni e’tirof etdi.

Xususan, O‘zbekistonda suv stressi ko‘rsatkichi 2017-yildagi 169 foizdan 2022-yilda 122 foizgacha pasayib, 47 punktga kamaydi.

BMT Taraqqiyot dasturi O‘zbekistonning suv xo‘jaligidagi qisqa muddatli natijalari va innovatsiyalarini yuqori baholab, hamkorlikni kengaytirishini bildirdi.

Shuningdek, O‘zbekiston tashabbusi bilan Samarqand shahrida o‘tkaziladigan suvni tejash bo‘yicha Butunjahon forumiga BMT maqomini berish va uni global platformaga aylantirish taklifi BMT tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlandi.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring