O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi savdo-investitsiyaviy hamkorlik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi

Asosiy rasm

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning taklifiga binoan 8–9-iyul kunlari ushbu mamlakatda rasmiy tashrif bilan bo‘ladi.

Shu munosabat bilan Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi 2017–2025-yillardagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik ko‘rsatkichlarini e’lon qildi.

2017–2025-yillarda O‘zbekistonning Belarus bilan tovar ayirboshlash hajmi 5,3 barobar oshib, 965 mln AQSH dollariga yetdi.

Eksport qariyb 7 barobar oshib, 186,5 mln dollarni tashkil etdi.

Import hajmi 5 barobar o‘sib, 778,5 mln dollarga yetdi.

2025-yilda Belarusdan O‘zbekistonga kiritilgan investitsiyalar hajmi 76,5 mln dollardan oshdi. Belarusdan jalb qilingan jami investitsiyalar hajmi esa 170,2 mln dollardan ortiqni tashkil etdi.

Hozirgi kunda O‘zbekistonda Belarus kapitali ishtirokidagi 258 ta korxona faoliyat yuritmoqda.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring