Lotin alifbosi bo‘yicha qonun loyihasi Senatga yuborildi

Asosiy rasm

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishga oid qonun loyihasi qabul qilinib, ko‘rib chiqish uchun Senatga yuborildi.

Qayd etilishicha, amaldagi alifbo qabul qilinganidan buyon 33 yil o‘tgan bo‘lib, qonun loyihasi yozuv tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan.

Loyihaga ko‘ra, yangi alifbo 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan iborat bo‘ladi. Shuningdek, ayrim harflarning qo‘llanilishi ham aniq belgilab qo‘yilmoqda.

Qonun loyihasida avval rasmiylashtirilgan hujjatlar, pul belgilari, peshlavhalar hamda boshqa atributlar belgilangan muddatgacha amal qilishi nazarda tutilgan. Bu esa o‘zgarishlarni bosqichma-bosqich joriy etish va ortiqcha davlat xarajatlarining oldini olishga xizmat qiladi.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring