Navoiyda noqonuniy oltin qazish oqibatida chuqurlikda qolib ketgan fuqarolar qutqarildi

Asosiy rasm

7-iyul kuni soat 04:22 da Navoiy viloyati Xatirchi tumani "Angidon" MFY, Quvray qishlog‘i tog‘ hududida noqonuniy ravishda oltin qazib olishga borgan 4 nafar fuqaroning 3 nafari noqonuniy qazilgan chuqurlikka tushib ketib, tuproq ostida qolgan.

Hodisa haqida tashqarida qolgan bir nafar hamrohi tomonidan zudlik bilan atrofdagilar hamda Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar berilgan.

Qutqaruvchilar voqea joyiga yetib kelguniga qadar mahalliy aholi va tashqarida qolgan fuqaro tomonidan jabrlanganlardan biri chuqurlikdan chiqarib olingan.

Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari voqea joyiga tezkor yetib borib, tuproq ostida qolgan yana ikki nafar fuqaroni qutqarib oldi.

Qutqarilgan fuqarolar tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tegishli tibbiyot muassasasiga yuborildi.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring