Moody’s “Mikrokreditbank”ning reytingini oshirdi

Asosiy rasm

Xalqaro reyting agentligi Moody’s Ratings “Mikrokreditbank” ATBning uzoq muddatli depozit reytingini Ba2 darajasiga oshirdi hamda bank bo‘yicha “Barqaror” prognozini tasdiqladi.

Qayd etilishicha, reytingning oshirilishi bankning moliyaviy barqarorligi, faoliyat samaradorligi va risklarni boshqarish tizimiga bo‘lgan xalqaro ishonch mustahkamlanayotganini ko‘rsatadi.


Mazkur qaror bankning moliyaviy ko‘rsatkichlari va barqaror rivojlanish sur’atlari xalqaro ekspertlar tomonidan ijobiy baholanganini anglatadi. Shuningdek, bu holat investorlar va xalqaro hamkorlar tomonidan bankka bo‘lgan ishonch ortib borayotganini tasdiqlaydi.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring