Yangihayot tumanida sodir bo‘lgan yong‘in bartaraf etildi

Asosiy rasm

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Axborot xizmati Yangihayot tumanida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2026-yil 29-iyun kuni soat 12:43 da Toshkent shahar Yangihayot tumani Navro‘z ko‘chasida joylashgan yangi qurilayotgan bino hududida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 12:51 da yetib borgan. Yong‘in soat 12:56 da qurshab olinib, soat 12:59 da to‘liq bartaraf etilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Aniqlanishicha, yong‘in natijasida taxminan 50 kvadrat metr maydondagi polizol qoplamasi yonib zarar ko‘rgan. Hodisa sabablari hamda yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring