Oʻzbekiston hududida zilzila sezildi
FVV Seysmoprognostik monitoring markazi maʼlumotiga koʻra, zilzila epitsentri Toshkent shahridan 499 kilometr janubi-sharqda, Afgʻonistonning Badaxshon hududida joylashgan. Zilzila magnitudasi 6,8 ballni, o‘chog‘i chuqurligi esa 224 kilometrni tashkil etdi.
Zilzila Oʻzbekistonning qator hududlarida ham sezildi. Xususan, Surxondaryo viloyatida silkinish kuchi 4–5 ballni tashkil etdi.
Fargʻona, Jizzax, Samarqand, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlarida 4 ballgacha, Andijon, Namangan hamda Toshkent viloyatlarida 3–4 ballgacha silkinish kuzatildi.
Toshkent shahrida zilzila kuchi 2–3 ballni tashkil etgan boʻlsa, Navoiy va Buxoro viloyatlarida 2 ballgacha sezilgan.
Hozircha zilzila oqibatida jabrlanganlar yoki talafotlar haqida rasmiy maʼlumot berilmagan.