To‘qqizta viloyatda sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

Asosiy rasm

28-iyun – 3-iyul kunlari kutilayotgan yog‘ingarchiliklar sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, noqulay ob-havo sharoiti tufayli mamlakatning to‘qqizta viloyatidagi tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqini xavfi kuzatilishi ehtimoli mavjud.

Shu munosabat bilan tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qilayotgan, dam olayotgan hamda harakatlanayotgan fuqarolardan ehtiyot choralarini ko‘rish, ob-havo prognozlarini kuzatib borish va xavfli hududlarda harakatlanishda ehtiyotkor bo‘lish so‘ralmoqda.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring