Moody’s O‘zbekistonning kredit reytingini “Ba2” darajasiga oshirdi

Asosiy rasm

Xalqaro reyting agentligi Moody’s O‘zbekistonning suveren kredit reytingini bir pog‘ona yuqoriga ko‘tarib, uni “Ba2” darajasida “barqaror” prognozi bilan baholadi.

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ushbu natija mamlakat iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash, investitsion jozibadorlikni oshirish va iqtisodiy islohotlarni izchil davom ettirish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlarning natijasi ekanini ta’kidladi.

Qayd etilishicha, kredit reytingining yaxshilanishi O‘zbekistonga xalqaro moliya bozorlarida yanada qulay shartlarda mablag‘ jalb qilish, investitsiyalar hajmini oshirish, yangi korxonalar tashkil etish hamda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish imkonini beradi.

Saida Mirziyoyeva o‘z munosabatida mamlakat oldida hali ko‘plab vazifalar turganini, asosiy maqsad esa fuqarolar uchun munosib kelajakni ta’minlaydigan kuchli, ochiq va raqobatbardosh iqtisodiyotni barpo etishdan iborat ekanini qayd etdi.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring