Mahalla tizimining vakolatlari kengaytirilmoqda

Asosiy rasm

Prezidentning 2026-yil 24-iyundagi PF–116-sonli “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, 2026-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekiston mahallalari uyushmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo‘limlariga qator qo‘shimcha vakolatlar beriladi.

Jumladan, ular mahallalardagi muammolarni tizimli tahlil qilish, mas’ul idoralar o‘rtasidagi hamkorlik yo‘nalishlarini ishlab chiqish, hududiy dasturlarni tayyorlash hamda ularning ijrosini nazorat qilish jarayonlarida ishtirok etadi.

Shuningdek, mahallada yashovchi va birinchi marta ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etgan fuqarolarga nisbatan fuqarolar yig‘ini kengashining kollegial qarori asosida yengillik berish to‘g‘risidagi murojaatlar sud-tergov organlari tomonidan qanoatlantirilgan hollarda, “mahalla yettiligi” ushbu shaxslarni qayta tarbiyalash, kasbga o‘rgatish, bandligini ta’minlash va ta’limga yo‘naltirishga mas’ul bo‘ladi.

Agar kafillikka olingan shaxs uch yil davomida jinoyat yoki huquqbuzarlik sodir etmasa, uni tarbiyalashda faol ishtirok etgan “mahalla yettiligi” a’zolarini qo‘shimcha rag‘batlantirish choralari ko‘riladi.

Bundan tashqari, uyushmaning tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlariga “mahalla yettiligi” faoliyatiga aralashish yoki ularni xizmat vazifalariga aloqador bo‘lmagan ishlarga jalb etgan mansabdor shaxslar yuzasidan tuman (shahar) hokimlariga taqdimnoma kiritish vakolati beriladi.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring