Xalqaro investorlar Oʻzbekiston fond bozori imkoniyatlariga qiziqish bildirmoqda

Asosiy rasm

“Toshkent” Respublika fond birjasida WOOD & Company boshchiligidagi xalqaro investorlar delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Unda Morgan Stanley Investment Management, Lazard, Artisan Partners LP, Wexford Capital, Prospe Capital Management hamda boshqa yirik investitsiya kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.

Muloqot davomida Oʻzbekiston fond bozorining rivojlanish istiqbollari, xorijiy institutsional investorlar ishtirokini kengaytirish, xalqaro kapitalni jalb qilish, valyuta konvertatsiyasi hamda investorlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar muhokama qilindi.

Shuningdek, bozor infratuzilmasini takomillashtirish, global kastodianlar bilan hamkorlikni kengaytirish, raqamli transformatsiya va shaffoflikni oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Tomonlar Oʻzbekiston fond bozorining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish hamda xalqaro investorlar bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring