MKBANK xalqaro moliyaviy hamkorlikni kengaytirmoqda
MKBANK, SEAPORT GLOBAL (DIFC) LTD hamda ALVAREZ & MARSAL CENTRAL EURASIA o‘rtasida uch tomonlama Hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur memorandum doirasida bank tomonidan turli moliyalashtirish instrumentlari orqali 100 million AQSH dollarigacha mablag‘ jalb etish imkoniyatlarini birgalikda ishlab chiqish va strukturaviy shakllantirish rejalashtirilgan.
Ushbu hamkorlik MKBANK mijozlari uchun yangi moliyaviy imkoniyatlar yaratish, xalqaro moliya institutlari bilan aloqalarni mustahkamlash hamda bankning investitsion salohiyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.