Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatorida

Asosiy rasm

Boston Consulting Group tomonidan e’lon qilingan tadqiqotda Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatorida qayd etildi.

Tadqiqotda shaharlar o‘zgarish sur’ati, iqtisodiy imkoniyatlar, yashash qulayligi, ijtimoiy kapital hamda davlat organlari bilan muloqot kabi yo‘nalishlar bo‘yicha baholangan.

Ta’kidlanishicha, “o‘zgarish sur’ati” ko‘rsatkichi bo‘yicha Toshkent Shenchjen va Ar-Riyoddan keyingi yuqori o‘rinni egallagan.

Tadqiqot mualliflari bu natijani iqtisodiy imkoniyatlarning kengayishi hamda davlat xizmatlari bilan o‘zaro aloqalar sohasidagi ijobiy o‘zgarishlar bilan izohlagan.


Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring