Nobud bo‘lgan hayvonlarning jasadini krematsiya qilish tartibi belgilandi

Asosiy rasm

Adliya vazirligi nobud bo‘lgan hayvonlarning jasadini krematsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3855, 2026-yil 11-iyun).

Mazkur nizom nobud bo‘lgan hayvonlar jasadlarini ko‘zdan kechirish, tashish, vaqtincha saqlash va krematsiya qilish tartibini belgilaydi.

Krematsiya — nobud bo‘lgan hayvonlar jasadini maxsus texnik uskunalar (krematoriy) yordamida yuqori haroratda yoqish orqali ularning biologik qoldiqlarini to‘liq yo‘q qilish usuli hisoblanadi.

Nizomga muvofiq:

– hayvon nobud bo‘lganligi aniqlanganda, hayvon egasi yoki jasadni ko‘rgan shaxs tomonidan mas’ul shaxsga shu kunning o‘zida xabar berilishi lozim;

– jasad maxsus transport vositalari yoki yopiq konteynerlarda krematoriyga olib boriladi;

– krematsiyaga qadar jasad maxsus joyda saqlanadi, saqlash muddati, qoida tariqasida, 24 soatdan oshmasligi kerak;

– yuqumli kasallik aniqlanganida yoki o‘lim sababi noma’lum bo‘lgan hollarda krematsiya amalga oshiriladi;

– krematsiyadan so‘ng qolgan kul va biologik qoldiqlar yo‘q qilinadi hamda bu haqda tegishli dalolatnoma rasmiylashtiriladi.

Xavfsizlik talablariga ko‘ra:

– xodimlar shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanadi;

– foydalanilgan joylar va uskunalar dezinfeksiya qilinadi;

– hayvonlar jasadlarini ochiq holda tashish va saqlash taqiqlanadi.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring