Fitch Ratings “O‘zbekgidroenergo” AJ reyting prognozini “Barqaror”dan “Ijobiy”ga oshirdi

Asosiy rasm

Fitch Ratings “O‘zbekgidroenergo” AJning uzoq muddatli kredit reytingini “BB” darajasida tasdiqlab, reyting prognozini “Barqaror”dan “Ijobiy”ga o‘zgartirdi.

Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasining suveren reyting prognozi ijobiy tomonga qayta ko‘rib chiqilgani hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, investitsiya muhitini yaxshilash va davlat korxonalarini isloh qilish jarayonlari bilan izohlanadi.

Fitch Ratings baholashida davlatga bog‘liq korxonalar uchun nafaqat suveren reyting, balki strategik ahamiyat, moliyaviy intizom, boshqaruv sifati va operatsion barqarorlik kabi omillar ham inobatga olinadi.

“O‘zbekgidroenergo” AJning mamlakat energetika tizimidagi muhim o‘rni, barqaror ishlab chiqarish faoliyati hamda ehtiyotkor moliyaviy siyosati uning kredit barqarorligini qo‘llab-quvvatlovchi asosiy omillar sifatida qayd etildi.

So‘nggi yillarda jamiyat tomonidan gidroenergetika salohiyatini kengaytirish, modernizatsiya ishlarini amalga oshirish, yangi investitsiya loyihalarini ro‘yobga chiqarish hamda boshqaruv tizimlarini takomillashtirish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda.

Fitch Ratings qarorining ijobiy tomonga o‘zgarishi “O‘zbekgidroenergo”ning xalqaro moliya bozorlaridagi ishonchliligini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.



Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring