“Shaharsozlik renovatsiyasi to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi
– binolar eskirib, avariya holatiga kelganda yoki aholi hayoti va xavfsizligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadigan holatlarda shaharsozlik renovatsiyasi amalga oshiriladi;
– loyiha konsepsiyasi ishlab chiqilgach, 2 oy ichida mulkdorlar bilan ochiq muhokama o‘tkaziladi. Renovatsiya boshlanishi uchun obyekt egalarining kamida 4/5 qismining notarial tasdiqlangan yozma roziligi talab etiladi;
– huquq egasi renovatsiya loyihasini amalga oshirishda o‘z xohishiga ko‘ra kompensatsiya olishi yoki hissa qo‘shuvchi sifatida ishtirok etishi mumkin;
– Vazirlar Mahkamasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida shaharsozlik renovatsiyasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalari tashkil etiladi.
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 6 oy o‘tgach kuchga kiradi.