“Özbekneftgaz”: töqqiz oyda beşta yangi gaz koni oçildi
“Özbekneftgaz” AJning 2026-yil töqqiz oylik faoliyatiga bağişlangan matbuot anjumanida beşta yangi gaz koni oçilgani va 80 ta quduq burğilangani ma’lum qilindi.
Kompaniyaga köra, 114 ta quduqni ta’mirlaş hisobiga kuniga qöşimça 4 million kub metr gaz qazib olişga erişilgan. Qazib çiqariş barqarorligini saqlaş uçun 35 ta kiçik kompressor xarid qilinmoqda. Ularning yettitasi yetkazilib, montaj işleri boşlangan.
Qişga tayyorgarlik doirasida neft bazalaridagi benzin zaxirasi ötgan yilning şu davriga nisbatan 2,5 baravar köp şakllantirilgan.
Töqqiz oyda 41,8 trillion sömlik sanoat mahsuloti işlab çiqarilgan, eksport 736,7 million dollarga yetgan. Xarajatlarni maqbullaştiriş orqali 1,9 trillion söm tejalgani bildirilgan.
Şuningdek, 15 ta zamonaviy burğilaş dastgohi xarid qilinmoqda. Loyiha doirasida mingdan ortiq iş örni yaratiş rejalaştirilgan. Kelgusida sintetik moy, tozalangan parafin va maişiy kimyo uçun xomashyo – çiziqli alkilbenzol işlab çiqarişni yölga qöyiş ham közda tutilgan.