Gaz va elektrdan noqonuniy foydalanish oqibatida davlatga 900 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan

Asosiy rasm

O‘zenergoinspeksiyaning OAV uchun kontent tayyorlash markazida o‘tkazilgan matbuot anjumanida joriy yilning o‘tgan davridagi nazorat natijalari taqdim etildi.

Ma’lum qilinishicha, energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va boshqa qoidabuzarliklar bilan bog‘liq 3 060 ta holat aniqlangan.

Xususan, 144,3 million kub metr tabiiy gaz va 243,1 million kVt·soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish natijasida davlat manfaatlariga 900,3 milliard so‘m zarar yetkazilgan.

Shuningdek, 330 ta holatda 7 828,3 tonna sifatsiz neft mahsulotining sotuvga chiqarilishiga yo‘l qo‘yilmagan. Xavfsizlik talablari buzilgani sababli elektr energetikasi korxonalarida 168 ta brigadaning ishi to‘xtatilib, 121 nafar mas’ul xodimga intizomiy jazo qo‘llanilgan.

283 ta tadbirkorga ortiqcha hisoblangan to‘lovlar ham tuzatilgan. Elektr energiyasi uchun 5 milliard 321 million so‘m, tabiiy gaz uchun esa 19 milliard 84 million so‘m qayta hisob-kitob qilingan.




Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring