Yöl qurilişida 31,36 milliard sömlik sifatsiz işlar aniqlandi
2026-yilning töqqiz oyida 492 ta holat böyiça sifatsiz bajarilgan işlar qiymatini tölovdan çiqariş yuzasidan buyurtmaçilarga talabnomalar kiritildi. Bu haqda Transport nazorati inspeksiyasi Axborot xizmati rahbari Firdavs Xayriddinov brifingda ma’lum qildi.
Şu davrda ötkazilgan 1 968 ta nazorat tadbirida 5 815 ta qoidabuzarlik aniqlangan. Ularning 5 531 tasi yöl-quriliş obyektlariga töğri kelgan. Qolgan 284 tasi yölni özboşimçalik bilan qaziş, sun’iy notekislik va tösiqlar örnatiş hamda qazilgan joylarni tiklaş bilan boğliq.
Yöl-quriliş obyektlarini röyxatga olişdan foydalanişga qabul qilişgaça bölgan nazorat jarayonlari «Yöl sifat nazorati» axborot tizimi orqali yuritilmoqda. Körsatmalar, taqdimnomalar va ma’muriy bayonnomalar ham şu tizimda şakllantiriladi.
Fuqarolar yöllardagi noqonuniy qaziş va boşqa qoidabuzarliklar haqida @tni_murojaat_bot orqali inspeksiyaga xabar berişi mumkin.