O‘zbekiston tarixiga oid 836 ta arxiv hujjati qabul qilindi

Asosiy rasm

“O‘zarxiv” agentligida 2026-yilning birinchi yarim yilligida xalqaro hamkorlik yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan brifing o‘tkazildi.

Hisobot davrida Germaniya, Fransiya, Isroil, Koreya Respublikasi, Polsha, AQSH, Belarus, Qozog‘iston va Rossiya arxiv muassasalari hamda ixtisoslashtirilgan tashkilotlari bilan qator uchrashuvlar tashkil etildi.

Tatariston Respublikasi davlat arxivlaridan O‘zbekiston tarixi bilan bog‘liq 836 ta elektron arxiv hujjati qabul qilindi.

Shuningdek, Belarus arxivchilari tomonidan Ikkinchi jahon urushi yillarida Belarus hududida jang qilgan o‘zbekistonlik partizanlarga oid yangi arxiv hujjatlari va shaxsiy yig‘majildlar O‘zbekiston Milliy arxiviga davlat saqloviga topshirildi.

2026-yilning birinchi yarim yilligida Kanada, AQSH, Yaponiya, Germaniya, Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Turkiya, Isroil, Rossiya, Afg‘oniston, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan jami 74 nafar tadqiqotchiga O‘zbekiston milliy va hududiy davlat arxivlari o‘quv zallarida ishlash uchun ruxsat berildi.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring