Yangi köp kvartirali uylardagi liftlarga quriliş taşkilotlari tomonidan bir yil majburiy servis xizmati körsatiladi
Hukumatning 22-oktabrdagi 588-son qarori bilan köp kvartirali uylarda liftlardan xavfsiz foydalaniş va ularga texnik xizmat körsatiş tartibi tasdiqlandi. Bu haqda Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi xabar berdi.
Endilikda yangi qurilib, foydalanişga topşirilayotgan köp kvartirali uylardagi liftlarga quriliş taşkilotlari bir yil davomida majburiy servis xizmati körsatadi.
Liftlarda quriliş materiallari, quriliş çiqindilari, ötkir hidli kimyoviy moddalar hamda lift ölçamlariga mos kelmaydigan buyumlarni taşiş taqiqlanadi.
Şuningdek, oylik, uç oylik, olti oylik va yillik texnik xizmat körsatiş tartiblari belgilangan. Liftlar va ehtiyot qismlarini sotib oliş hamda sotiş «Xavfsiz lift» elektron platformasi orqali amalga oşiriladi.