Ulushli qurilishdagi firibgarliklarga chek qoʻyiladi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi fuqarolarning uy-joy xaridi jarayonida aldanib qolishining oldini olishga qaratilgan “Koʻp kvartirali uylarni va boshqa koʻchmas mulk obyektlarini ulush kiritish asosida qurish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini birinchi oʻqishda ma’qulladi.
Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan ushbu hujjat bozordagi eng ogʻriqli muammolarni tizimli hal etishi kutilmoqda.