Örganilgan quriliş şartnomalarining uçdan birida uyni topşiriş muddati körsatilmagan

Asosiy rasm

Raqobat qömitasi 132 ta quruvçi taşkilotning uluşli quriliş şartnomalarini tahlil qilib, xaridorlar huquqlarini çeklovçi şartlarni aniqladi.

Jumladan, şartnomalarning:

– 33,3 foizida obyektni topşirişning aniq muddati körsatilmagan;
– 50,8 foizida quriliş keçikkani uçun quruvçi tölaydigan penya belgilanmagan;
– 63,6 foizida xonadon qabul qilinganidan keyingi kafolat muddati körsatilmagan;
– 54,5 foizida kafolat davrida aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etiş majburiyati nazarda tutilmagan.

Şuningdek, xaridor şartnomani bekor qilsa, tölangan pulning 4–15 foizini uşlab qoliş yoki mablağni xonadon qayta sotilgandan keyingina qaytariş, narxni bir tomonlama oşiriş va xaridorga yuqori penya belgil aş holatlari aniqlangan.

2026-yilning töqqiz oyida qömitaga quriliş sifati va obyektlarning keç topşirilişi böyiça 1 700 dan ortiq şikoyat kelib tuşgan. Ularni körib çiqiş natijasida iste’molçilar foydasiga qariyb 14,5 milliard söm qayta hisob-kitob qilingan.

Qömita aniqlangan kamçiliklar yuzasidan tegişli idoralarga takliflar kiritgani bildirilgan.



Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring