Qurilish materiallari sanoati yangi bosqichga o‘tadi

Asosiy rasm


Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qurilish materiallari tarmog‘ida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda hududlarning iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish, investitsiyalarni istiqbolli loyihalarga yo‘naltirish hamda qurilish materiallari sanoatini yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, iqtisodiyotning 12 ta tarmog‘iga 14 ta “aqllar markazi”, shuningdek, 37 ta ilmiy institut va oliy ta’lim muassasalari biriktirilgan. Ular hududlar va tarmoqlarning rivojlanish istiqbollarini ilmiy asosda tahlil qilib boradi.

Mutasaddilarga yirik loyihalarni mahalliy va import mahsulotlar bilan ta’minlashda teng sharoit yaratish, energiya tejamkor qurilish materiallarini keng joriy etish hamda “yashil ta’mir” loyihalarini ommalashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Shuningdek, Boku, Tbilisi, Moskva, Ostona va Bishkek shaharlarida namunaviy energiya tejamkor uylarni qurish va ularning taqdimotlarini o‘tkazish vazifasi belgilandi.

Qayd etilishicha, mamlakatda sement, bazalt, oyna va keramik plita kabi mahsulotlar bo‘yicha mavjud ishlab chiqarish quvvatlari uzoq muddatli ehtiyojlarni qoplash imkonini beradi. Endilikda asosiy e’tibor yangi quvvatlarni yaratishga emas, balki mavjud korxonalarni modernizatsiya qilish va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratiladi.

Mutasaddilarga mahalliy va xorijiy sertifikatga ega qurilish materiallari bo‘yicha elektron platformani ishga tushirish hamda joriy yilda kamida 50 ta korxonaga xalqaro sifat sertifikatlarini olishda ko‘maklashish topshirildi.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

O'xshash maqolalar topilmadi.

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring