Toşkentda bozorlar va savdo komplekslari xatlovdan ötkaziladi

Asosiy rasm

Poytaxtdagi bozor va savdo komplekslarining moliyaviy holati, mol-mulki hamda mavjud muammolari örganiladi. Bu işlar Toşkentni 2026–2027-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş çoralari doirasida amalga oşirilişi ma’lum qilindi.

Xatlovda bino va inşootlarning kadastr hujjatlari, mol-mulk va mulkdorlar röyxati, hududlar çegaralari, muhofaza zonalari hamda mavjud çeklovlar örganiladi. Soliq, majburiy tölovlar va boşqa qarzdorliklar ham tahlil qilinadi.

Bozor va savdo komplekslari hududidagi noqonuniy qurilişlar aniqlanib, ularni bartaraf etiş çoralari köriladi.

Natijalar asosida aktivlardan samarali foydalaniş, jumladan, tegişli boşqaruv organlari qarorlariga muvofiq ommaviy savdolarga çiqariş böyiça takliflar tayyorlanadi.

Işlarda Kadastr agentligining Toşkent şahar boşqarmasi, tuman hokimliklari, soliq organlari, Munitsipal aktivlarni boşqariş markazi va «Toşkent Invest kompaniyasi» AJ iştirok etadi.




Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring