Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida saqlab qoldi
Markaziy bank boshqaruvining 4-noyabrdagi yig‘ilishida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qolish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Sentabrda yillik inflyatsiya 6,4 foizni, bazaviy inflyatsiya esa 5,5 foizni tashkil etgan. Inflyatsion kutilmalar pasayishda davom etmoqda.
Shu bilan birga, yuqori ichki talab hamda jahon bozorlarida oziq-ovqat va energiya narxlarining o‘zgaruvchanligi inflyatsion xatarlarni saqlab qolmoqda. Yanvar–sentabr oylarida iqtisodiy o‘sish 8,3 foizga yetgan.
Prognozga ko‘ra, inflyatsiya 2026-yil yakunida 7 foiz atrofida, 2027-yil oxirida esa 5 foizlik maqsadli darajada bo‘lishi kutilmoqda.
Asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilish 16-dekabrga belgilangan.