«Navoiyuran» Marubeni bilan ishlab chiqarishni raqamlashtirish bo‘yicha muzokara o‘tkazdi
«Navoiyuran» davlat korxonasi Yaponiyaning Marubeni Corporation kompaniyasi va uning Dolbix Consulting bo‘linmasi bilan uran qazib olish jarayonlarini raqamlashtirish imkoniyatlarini muhokama qildi.
2-noyabrda o‘tkazilgan onlayn uchrashuvda quduqlarni raqamlashtirish, uskunalar ishini takomillashtirish va to‘yingan eritmalarni qayta ishlashni avtomatlashtirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda sun’iy intellektdan foydalanish masalasiga ham e’tibor qaratildi.
Tomonlar ushbu yo‘nalishlarda hamkorlikni davom ettirishga kelishib olgan.