Mahalliy maişiy texnika xaridi uçun 18 foizlik kreditlar ajratiladi
Özbekistonda işlab çiqarilgan muzlatkiç, kir yuviş maşinasi, konditsioner va boşqa maişiy texnikalar xaridiga yillik 18 foizlik iste’mol kreditlari ajratiş tizimi yölga qöyiladi.
Prezident Şavkat Mirziyoyevning bugun, 9-noyabrda tadbirkorlar va xorijlik investorlar bilan muloqotida elektrotexnika sanoati uçun quyidagi imkoniyatlar ham e’lon qilindi:
– kelgusi uç yilda 11,6 milliard dollarlik 164 ta loyiha rejalashtirilgan. Yangi mahsulotlar hisobiga eksportni 5 milliard dollarga yetkaziş imkoniyati borligi qayd etildi;
– bankomatlarni mahalliy işlab çiqarişni yölga qöyiş imkoniyatlari örganiladi. Ötgan yili mamlakatga 50 million dollardan ortiq qiymatdagi 9 mingta bankomat import qilingan;
– Nurafşonda «Kelajak texnologiyalari markazi» taşkil etilib, korxonalariga IT-park imtiyozlari beriladi. Robotlar, elektronika va texnologik uskunalar uçun zarur xomaşyo hamda butlovçi qismlar import bojidan, şu yönalişdagi ilmiy işlanmalar daromadi soliqdan ozod etiladi;
– kelgusi yildan «1 ming muhandis-konstruktor» dasturi boşlanib, mutaxassislar xorijda malaka oşiradi;
– YTTB sanoat korxonalariga yana 2–3 milliard dollar resurs ajratişga tayyor. Xalqaro moliya bozorlarida işlaşga tayyorlaş, baholaş va konsultantlar xarajatlarini qoplaş uçun har bir korxonaga 50 ming dollargaça kompensatsiya ajratiladi;
– 1-yanvardan davlat xaridlarining uç yillik rejalari oldindan e’lon qilinadi. Xaridda narx bilan birga mahsulotning butun xizmat muddatidagi xarajatlari ham hisobga olinadi;
– imtiyoz yoki davlatdan arzon resurs oluvçi 10 million dollardan yuqori loyihalarda mahalliy mahsulotlar uluşi kamida 25 foiz, kabellarda 70 foiz bölişi talabi qöllaniladi.