OKMKda tarixiy natija: 3-mis boyitish fabrikasida dastlabki 10 million tonna ma’dan qayta ishlandi

Asosiy rasm

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining 3-mis boyitish fabrikasida 2026-yil 16-martdan 4-noyabrgacha 10 million tonna ma’dan qayta ishlandi. Bu haqda kombinat Axborot xizmati xabar berdi.

Shu davrda Mis eritish zavodiga 160 ming tonnadan ortiq mis konsentrati yetkazib berilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 16-mart kuni ishga tushirgan fabrika «Yoshlik I» konini o‘zlashtirish loyihasining asosiy obyektlaridan biri hisoblanadi. Uning loyihaviy quvvati yiliga 60 million tonna ma’danni qayta ishlash va qariyb 900 ming tonna mis konsentrati ishlab chiqarishga mo‘ljallangan.

Hozirda fabrikadagi 12 ta tegirmondan 10 tasi foydalanishga topshirilgan. Qolgan ikkitasida sozlash va sinov ishlari davom etmoqda. Korxonani bosqichma-bosqich loyihaviy quvvatga olib chiqish rejalashtirilgan.



Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring