Davlat aktivlarini boşqariş agentligi binosi 251 milliard sömdan ziyodga sotildi
Bugun, 9-noyabrda Toşkent şahrining Mirobod tumanidagi Davlat aktivlarini boşqariş agentligi ma’muriy binosi «E-auksion» orqali sotildi.
Ma’lum qilinişiça, boşlanğiç narxi 165,5 milliard söm bölgan obyektning yakuniy bahosi 52 foizga oşgan. Bino 2025-yil avgustda savdoga çiqarilgan edi.
Sotuv vazirlik va idoralarni Yangi Toşkentga köçiriş dasturi doirasida amalga oşirilgan. Dasturda poytaxtdagi 83 ta köçmas mulk obyektini sotiş nazarda tutilgan.
Hozirgaça vazirlik va idoralarning 8 ta ma’muriy binosi jami 1 trillion 120,4 milliard sömga sotilgan. Yana 11 ta obyekt 1 trillion 20,5 milliard sömlik boşlanğiç narxda savdoga qöyilgan.
Tuşumlar Yangi Toşkentda ma’muriy infratuzilma barpo etişga yönaltiriladi.