Özbekistonda uran işlab çiqarişni ikki baravar oşiriş rejalaştirilmoqda

Asosiy rasm

Prezident Şavkat Mirziyoyev «Navoiyuran» korxonasi va «Özbekiston texnologik metallar kombinati» AJning işlab çiqarişni kengaytiriş hamda yangi loyihalarni amalga oşiriş rejalari bilan tanişdi.

«Navoiyuran»da 2030-yilgaça uran işlab çiqarişni joriy yildagi 7,5 ming tonnadan 15 ming tonnaga, aniqlangan zaxiralarni esa 200 ming tonnaga yetkaziş rejalaştirilgan.

Korxonada geologiya-qidiruv va texnologik burğilaş işlari kengaytirilib, işlab çiqariş infratuzilmasi rivojlantiriladi, qöşimça sorbsiya qurilmalari işga tuşiriladi. Joriy yilda 250 ta yangi iş örni yaratiş közda tutilgan.

Işlab çiqariş uçun zarur kimyoviy reagentlar ta’minotini oşiriş masalasi ham körib çiqildi. Prezident muqobil texnologiyalarni keng qöllab, 2030-yilgaça sulfat kislotasi örnini bosuvçi reagentlar uluşini 40 foizga yetkaziş zarurligini qayd etdi.

«Özbekiston texnologik metallar kombinati»da esa yil yakunigaça 12 ta investitsiya loyihasini işga tuşiriş, yuqori soflikdagi selen va tellur işlab çiqarişni kengaytiriş rejalaştirilgan.

2030-yilgaça 16 turdagi muhim metallar böyiça işlab çiqariş hajmini 2,7 milliard dollardan oşiriş maqsad qilingan. Jumladan, volframni çuqur qayta işlaşga 1,1 milliard dollar investitsiya jalb etib, uşbu yönalişdagi işlab çiqarişni qariyb 2,2 milliard dollarga yetkaziş möljallangan.




Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring