Çiqindi taşiş faoliyatini litsenziyalaş taklif etilmoqda
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi «Çiqindilar töğrisida»gi qonunning yangi tahrirdagi loyihasini birinçi öqişda qabul qildi.
Loyihada çiqindi taşişni litsenziyalaş, xavfli çiqindilarni maxsus transportda taşiş va sertifikatlaş talablarini belgilaş, ularning harakati hamda hisobini nazorat qilişni takomillaştiriş nazarda tutilgan.
Maişiy çiqindi poligonlarini xususiylaştirmaslik, qayta yuklaş stansiyalarini turar joylardan kamida 300 metr uzoqda joylaştiriş taklif etilmoqda.
Quriliş loyihalarida çiqindi miqdori, töplaş joyi va olib çiqiş xarajatlarini oldindan hisoblaş, tibbiyot va biologik çiqindilarni alohida yiğiş, saqlaş, taşiş hamda zararsizlantiriş tartiblarini aniqlaştiriş közda tutilgan.
Şuningdek, çiqindilarning yagona katalogi va I–V xavflilik sinflari böyiça tasnifini joriy etiş, mas’ul idoralar va hokimliklar vazifalarini aniq belgilaş taklif etilgan.