Kuniga 15 ming tonna chiqindi: O‘zbekistonda poligonlarni 50 foizga qisqartirish ishlari qanday ketmoqda?
Respublika bo‘yicha jami 1 653 gektar maydonda 200 ta chiqindi poligoni mavjud bo‘lib, ularga har kuni o‘rtacha 14–15 ming tonna chiqindi joylashtirilmoqda.
2030-yilgacha mamlakatdagi chiqindi poligonlari sonini kamida 50 foizga qisqartirish vazifasi belgilangan.
Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi Axborot xizmati 2026-yilning dastlabki 6 oyida ushbu yo‘nalishda amalga oshirilgan eng muhim ishlar va natijalar haqida ma’lumot berdi.