77 ta chiqindi poligonida saralash xizmatlarini tashkil etish bo‘yicha tanlov e’lon qilindi
Chiqindilarni boshqarish agentligi Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi tomonidan 77 ta qattiq maishiy chiqindi poligonida chiqindilarni saralash xizmatlarini tashkil etish bo‘yicha tanlov davlat xaridlarining elektron platformasiga joylashtirildi.
Lotlar hududlar kesimida quyidagicha taqsimlangan: Buxoro viloyati – 8 ta, Jizzax – 11 ta, Qashqadaryo – 4 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 2 ta, Navoiy – 7 ta, Namangan – 6 ta, Samarqand – 2 ta, Surxondaryo – 6 ta, Sirdaryo – 2 ta, Farg‘ona – 6 ta, Xorazm – 9 ta, Andijon – 8 ta va Toshkent viloyati – 6 ta.
Tanlovda g‘olib bo‘lgan tadbirkorlarga chiqindi poligonlarida ijara huquqi asosida saralash va qayta ishlash faoliyati bilan shug‘ullanish imkoniyati beriladi.