Maishiy chiqindilar qayerga olib boriladi?

Asosiy rasm

Chiqindilarni boshqarish agentligi Axborot xizmati ma’lum qilishicha, respublika bo‘yicha yiliga 15 million tonna maishiy chiqindi hosil bo‘ladi.

Qayd etilishicha, ushbu ulkan hajmdagi chiqindilar shunchaki tashlab yuborilmaydi, balki maxsus texnikalar orqali hududlardagi chiqindi to‘plash poligonlariga olib boriladi.

Bugungi kunda respublikada 200 ga yaqin chiqindi yig‘ish poligoni mavjud bo‘lib, ekologik xavfsizlikni ta’minlash maqsadida hozirgacha 47 ta maishiy chiqindi poligoni butunlay tugatilgan.

Shuningdek, 2030-yilgacha mamlakatdagi mavjud chiqindi poligonlari sonini yana 50 foizga qisqartirish belgilangan.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

O'xshash maqolalar topilmadi.

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring