Özbekistonda 4,63 million tonna paxta yiğildi, hosilning 76 foizi maşinada terildi
22-oktabr holatiga paxta tayyorlaş rejasi 103 foizga bajarilgan. Bu haqda Qişloq xöjaligi vazirligi ma’lum qildi.
Yiğib olingan hosilning 3 million 515 ming 597 tonnasi qariyb 3 mingta zamonaviy paxta teriş maşinasi hissasiga töğri kelgan. Mamlakat böyiça terimning mexanizatsiyalaştiriş darajasi örtaça 76 foizni taşkil etgan.
Hududlar orasida Jizzax viloyati 98,5 foiz bilan yetakçi. Sirdaryoda paxtaning 94,2 foizi, Toşkent viloyatida esa 81,2 foizi texnika yordamida yiğib olingan.
Dalalarda terim davom etmoqda. Jumladan, 49 ming gektardan ziyod maydonda birinçi terim işlari olib borilmoqda.