O‘zbekistonda 3,4 million tonna paxta terib olindi
Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lum qilishicha, 2026-yil 12-oktabr holatiga mamlakatda 3,4 million tonna paxta xomashyosi yig‘ilgan. Bu mavsum uchun belgilangan 4,5 million tonnalik shartnomaviy ko‘rsatkichning 76 foizini tashkil etadi.
Hosilning 2,6 million tonnasi mashinalarda, 848 ming tonnasi qo‘lda terilgan. Vazirlik qayd etishicha, jami terimning 75 foizi mashinalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Mavsumga 3 mingga yaqin paxta terish mashinasi jalb qilingan. Ularning mingdan ziyodi joriy yilda fermer xo‘jaliklari va agroklasterlarga lizing asosida yetkazib berilgan.