Ayrim fermerlarga buxgalteriya xizmatlari bepul ko‘rsatiladi

Asosiy rasm

Adliya vazirligi fermer xo‘jaliklarining buxgalteriya hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Hujjat 2026-yil 11-avgustda 3921-son bilan ro‘yxatga olindi.

Nizom “Soliq-servis” AJning hududiy bo‘limlari tomonidan fermer xo‘jaliklariga buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish tartibini belgilaydi.

Hujjatga muvofiq, paxta va g‘alla yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish xizmatlari bepul ko‘rsatiladi.

Shuningdek, yangi tashkil etilgan fermer xo‘jaliklariga ularning xohishiga ko‘ra, dastlabki 6 oy davomida soliq va moliyaviy hisobotlarni yuborish xizmatlari uchun haq undirilmaydi.

Rahbari yoshlar bo‘lgan yangi tashkil etilgan fermer xo‘jaliklariga esa tegishli xizmatlar 2 yil davomida bepul ko‘rsatiladi.

“Soliq-servis” AJning hududiy bo‘limlari fermer xo‘jaliklarini buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish tizimiga qabul qilish, ish haqi, soliqlar va boshqa to‘lovlarni hisoblash, soliq, moliyaviy va statistika hisobotlarini tayyorlash hamda inventarizatsiya jarayonlarida ishtirok etish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring