O‘zbekistonda yanvar–avgust oylarida eng ko‘p Cobalt ishlab chiqarildi
2026-yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonda 310 389 ta yengil avtomobil ishlab chiqarildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 26 mingtaga ko‘p, deya ma’lum qildi Milliy statistika qo‘mitasi.
Ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha Cobalt yetakchi – 107 141 ta. Keyingi o‘rinlarni Damas – 55 022 ta va Tracker – 29 781 ta bilan egallagan.
Shu davrda BYD brendi ostida 23 850 ta, Onix modelidan 23 498 ta, KIA brendi ostida esa 19 374 ta avtomobil ishlab chiqarilgan.
Shuningdek, 6 227 ta Haval, 5 751 ta Chery va 1 530 ta Chevrolet Damas Move ishlab chiqarilgan. Maxsus yengil avtomobillar soni 38 215 tani tashkil etgan.