Qibraydagi konteynerlardan 7 kilogramm marixuana va pnevmatik qurol topildi
DXX Toshkent shahar boshqarmasi va poytaxt IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qibray tumanidagi ikkita konteynerdan 7 kilogramm marixuana, «IJ-38» rusumli pnevmatik qurol va 12 mm kalibrli uchta patron topildi.
Konteynerlar muqaddam sudlangan, 1986-yilda tug‘ilgan fuqaroga qishloq xo‘jaligi maqsadlarida uzoq muddatga ijaraga berilgan yer maydonining chetida joylashgan. Ular xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.
Giyohvandlik vositasi, qurol va patronlar ashyoviy dalil sifatida olingan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.