Chirchiqda narkolaboratoriya tashkil qilgan shaxslar ushlandi

Asosiy rasm

DXX Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat IIBB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Chirchiq shahrida joylashgan ko‘p qavatli uylardan biridagi xonadonni ijaraga olib, giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan 4 nafar fuqaro qo‘lga olindi.

Ma’lum qilinishicha, 2000 va 2002-yillarda tug‘ilgan ushbu shaxslar Telegram’dagi xorijlik kuratorlari tomonidan kontrabanda yo‘li bilan yetkazib berilgan “gashish moyi” va yarim tayyor mahsulotlarni qayta ishlab, gashish tayyorlagan.

Xonadon ko‘zdan kechirilganda taxminan 400 gramm gashish, 5 kilogramm yarim tayyor mahsulot, shuningdek, narkotiklarni quritish uchun mo‘ljallangan elektr pech, mikser, qo‘lqoplar, himoya vositalari, tarozi va yelim idishlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Tergovga qadar tekshiruvda gumonlanuvchilardan biri avval Rossiyada, yana ikki nafari esa Vyetnam va Tailandda laboratoriya sharoitida narkotik moddalar tayyorlash bilan shug‘ullangani aniqlangani bildirilmoqda.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 276¹-moddasi 3-qismi “a” va “b” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring