Xorijdan yuborilgan qariyb 25 kg kuchli ta’sir qiluvchi modda to‘xtatib qolindi

Asosiy rasm

DXX va «Toshkent-AERO» bojxona kompleksining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi hamkorligidagi tezkor tadbirda Xitoydan yuborilgan jo‘natmadan 24 kg 974 gramm pregabalin aniqlandi.

Jo‘natmani Toshkentdagi kuryerlik firmasi ofisida qabul qilib olayotgan ikki shaxs ushlandi. Ulardan biri Yunusobod tumanida yashaydi, ikkinchisi esa Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan va Chilonzorda vaqtincha istiqomat qiladi. Kuchli ta’sir qiluvchi modda oq kukun ko‘rinishida bo‘lgan.

Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov davom etmoqda.




Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring